Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 20-turi doirasida 29-dekabr, yakshanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” “Enfild”da “Vulverhempton”ni qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 42-daqiqada urildi. Unga “qizillar” hujumchisi Sadio Mane mualliflik qildi.
Shu tariqa Mersisayd klubi o‘z maydonida kechgan bahsda “Vulverhempton”ni kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi 3 ochoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yaqqol yetakchilik qilayotgan “Liverpul” ochkolari sonini 55 taga yetkazib oldi. “Bo‘rilar” esa 30 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.
APL
20-tur bahsi
29-dekabr, yakshanba
“Liverpul”—“Vulverhempton” 1:0
Gol: 1:0 — 42 Mane“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Xenderson, Veynaldum (Milner, 86), Lallana (Keyta, 67), Mane, Saloh, Firmino (Origi, 86)
“Vulverhempton”: Ruy Patrisiu, Kastro, Bennett, Kilmen, Ruben Vinagre, Dendonker (Traore, 58), Moutinyu, Netu, Ruben Nevesh (Saiss, 58), Koudi, Diogu Jota (Ximenes, 72)
Ogohlantirish: Lallana (45)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)