Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Milan”ga qaytdi. Bu haqda italyan klubi ma’lum qildi.

Foto: “Milan” FC

38 yoshli futbolchi milanliklar bilan 2020-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Kelishuvni yana bir yilga uzatirish bandi ham kiritilgan.

Ibragimovich Milanga 2-yanvar kuni keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda jamoadoshlari bilan ilk mashg‘ulotda qatnashadi. Shundan keyin u shartnomaga imzo chekadi va o‘yinchining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

Zlatan 2010—2012-yillar mobaynida “Milan”da harakat qilgan. Uning so‘nggi klubi “Los-Anjelas Gelaksi” bo‘lib, Ibra noyabr oyida u yerni tark etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!