Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ynet internet nashri turizm mavzusidagi so‘rovnoma natijasini e’lon qildi. So‘rovnoma turizm sohasidagi kelasi 10 yillik tendensiyalarini aniqlash uchun 25 nafar professional sayohatchi-bloger o‘rtasida tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston haqidagi materiallar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan info-turda ishtirok etgan bloger Yanina Zlaslavskiy Afekning foto va maqolasi asosida tayyorlandi. Bu kabi ko‘plab sohalar orqali Isroildagi reklama-targ‘ibot ishlari qisqa muddatda o‘z natijasini ko‘rsatdi, deyiladi qo‘mita xabarida.

2017-yilda 3800 nafar Isroil fuqarosi O‘zbekistonga tashrif buyurgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatgich 9779 kishini tashkil etdi, 2019-yilda esa 13170 nafar isroillik O‘zbekistonga keldi.

“Ilgari Buyuk Ipak yo‘lining yuragi bo‘lgan va bugungi kunda mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri bo‘lgan, Markaziy Osiyo sahrolari o‘rtasida joylashgan o‘lkaga tashrif buyurish vaqti keldi. Qulay sayyohlik infratuzilmasi sayyohlarga qadimiy tarix, liberal Islom, qadimiy yahudiy obidalari, betakror me'morchilik hamda Sharq va G‘arb ta’siri ostida yaratilgan boy madaniyati bilan qarshi oladi. Kuz va bahor mamlakatga tashrif buyurish uchun eng qulay payt”, — deb yozadi nashr.

Ynet — Isroil yangiliklari va boshqa ijtimoiy mavzularni yorituvchi internet nashr hisoblanadi. U 2000-yilda ish boshlagan, 2008-yildan beri Ynet nashri Google Trends statistikasiga ko‘ra Isroildagi eng ommabop internet portal hisoblanadi.

Alexa internet trafik reytingi hisobotiga ko‘ra, Ynet dunyodagi eng yaxshi 1500 veb-sayt ro‘yxatiga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi