Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab hududida sauna qurilgani haqidagi ma’lumotlar tarqatildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov ma’lum qildi.
Xalq ta’limi vazirligi mazkur xabarlarni o‘rganib chiqdi.
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, 2017-yilda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi qaroriga ko‘ra, maktab hududining bir qismi hokimlikning zaxira yerlari hisobiga o‘tkazilgan.
Xalq ta’limi vazirligi hokim qarorini bekor qilish bo‘yicha tegishli huquqni himoya qilish organlari bilan birga chora ko‘radi.
Izoh (0)