Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 16-turi doirasida 17-dekabr, seshanba kuni 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy uchrashuvida Lyusyen Favr qo‘l ostidagi Dortmundning “Borussiya” klubi “Signal Iduna Park”da “Leypsig”ni qabul qildi.
To‘qnashuv davomida “arilar” a’zolari Yulian Vaygl (23), Yulian Brandt (34) hamda Jeydon Sancho (53) raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, mehmonlarning gollariga Timo Verner (47, 53) va Patrik Shik (77) mualliflik qildi.
Shu tariqa o‘yin 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, Dortmund klubi 30 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Leypsig” esa 34 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Bundesliga
16-tur bahslari
17-dekabr, seshanba
“Verder”—“Mayns” 0:5
Gollar: 0:1 — 10 Kvayson, 0:2 — 15, avtogol Pavlenka, 0:3 — 19 Kvayson, 0:4 — 38 Kvayson, 0:5 — 81 Mateta“Borussiya D”—“Leypsig” 3:3
Gollar: 1:0 — 23 Vaygl, 2:0 — 34 Brandt, 2:1 — 47 Verner, 2:2 — 53 Verner, 3:2 — 55 Sancho, 3:3 — 77 Shik“Augsburg”—“Fortuna D” 3:0
Gollar: 1:0 — 32 Maks, 2:0 — 61 Yedvay, 3:0 — 72 Maks“Union Berlin”—“Hoffenhaym” 0:2
Gollar: 0:1 — 56 Bebu, 0:2 — 90 BaumgartnerYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)