Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 19-turi doirasida 8-dekabr, yakshanba kuni Valeriy Karpin qo‘l ostidagi “Rostov” jamoasi Moskvada “Spartak”ka qarshi maydonga tushdi.

Foto: Twitter

Uchrashuv davomida “Rostov” klubi vakillari Baxtiyor Zaynutdinov (22, 83), Aleksey Ionov (53) va Dmitriy Chistyakov (79) raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, mezbonlarning goliga argentinalik Esekiel Ponse (81) musalliflik qildi.

Shu tariqa “Rostov” safarda “Spartak”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, “Rostov”ning 2 ta goliga mazkur jamoa sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham o‘z hissasini qo‘shdi.

Ma’lumot uchun, “Rostov” 34 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Spartak” esa 22 ochko bilan 10-pog‘onani band qilib turibdi.

RPL

19-tur bahsi

8-dekabr, yakshanba

“Spartak M”—“Rostov” 1:4

Gollar: 0:1 — 22 Zaynutdinov, 0:2 — 53 Ionov, 0:3 — 79 Chistyakov, 1:3 — 81 Ponse, 1:4 — 83 Zaynutdinov

“Spartak”: Maksimenko, Umyarov, Zobnin, Jikiya, Til (Shyurrle, 72), Melgarexo, Bakayev, Kral, Mirzov (Bakayev, 80), Ponse, Larsson

“Rostov”:Pesyakov, Kozlov, Chernov, Xajikadunich, Chistyakov, Popov, Zaynutdinov (Saplinov, 87), Bayramyan, Normann, Ionov (Dolgov, 90), Shomurodov (Sigurdarson, 74)

Ogohlantirishlar: Popov (18), Jikiya (38), Kral (42), Umyarov (77), Saplinov (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!