Meksika rasmiylari 1-dekabr kuni mamlakatning turli mintaqalarida 127 ta qotillikni qayd etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Depositphotos

Bu yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi aytilmoqda. Eng ko‘p qotillik — 21 ta holat Koauila shtatiga to‘g‘ri kelgan.

Noyabrda bu ko‘rsatkich kuniga 79 ta qotillikka to‘g‘ri kelgan va oy davomida 2370 ta shunday holat qayd etilgandi.

Mamlakatda joriy yilning 10 oyi mobaynida jami 29,5 mingta qasddan qotillik rasman ro‘yxatga olingan.