Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

UFC bo‘yicha yarim og‘ir vazn chempioni Jon Jons va Dominik Reyes o‘rtasidagi jang sanasi rasman tasdiqlandi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ikkita AQSh vakili o‘rtasidagi bellashuv 2020-yilning 8-fevral kuni Hyustondagi UFC 246 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.

Jons MMA’dagi faoliyati mobaynida 26 ta jangda ishtirok etib, ularning faqat bittasini boy bergan. Reyes esa 12 ta jang o‘tkazgan holda hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Jon Jons UFC umumiy reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi va o‘z vazn toifasida chempion hisoblanadi. Reyes esa yarim og‘ir vazn reytingida 4-pog‘onada.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)