• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Azar Mbappega, Benzema esa Ikardiga qarshi. “Real”—PSJ to‘qnashuvi haqida

    Futbol bo‘yicha Yevropaning eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish Chempionlar Ligasi guruh bosqichi bahslari ham yakuniga yetish arafasida. 26-noyabr, seshanba oqshomida 5-turning markaziy bahslaridan bir Madridda bo‘lib o‘tadi. Millionlab muxlislarninig nigohi Ispaniya poytaxtidagi bahsga qaratilgan: “Real” arab shayxlari otaliqidagi PSJga qarshi.

    Foto: AS

    Foto: AS

    Guruh bosqichiga qur’a tashlangan vaqtda “A” guruhining so‘zsiz favoritlari sifatida “Real” va PSJ qayd etilgandi. Biroq birinchi tur o‘tiboq asosiy favorit PSJ ekanligi oydinlashib qoldi. Boisi PSJ o‘z maydonida asosiy futbolchilarsiz (Kavani, Mbappe va Neymarsiz) “Real” ortiqcha qiyinchiliklarsiz mag‘lub etishning uddasidan chiqdi — 3:0. Ikkinchi turda ham PSJning yaqqol favorit ekanligi yanada aniq bo‘ldi. Madrid klubi o‘z maydonida “Bryugge”ni mag‘lub eta olmadi. PSJ esa safarda “Galatasaroy” mag‘lub etdi.

    5-turga kelib guruhdagi holat shunday: PSJ to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati esa shunchaki ajoyib — 10:0. “Real” esa dastlabki ikki turdagi yo‘qotishlardan so‘ng “Galatasaroy”ni safar va uyda ham mag‘lub etdi. Ochkolari sonini esa yettitaga yetkazib oldi.

    Bugungi bahs favoriti haqida

    Yuqorida PSJning favorit ekanligini tilga oldik. Shu yerda qayerda favorit ekanligiga aniqlik kiritib o‘tsak. Parijliklar “A” guruhida favorit. Hozircha undan ortig‘i emas. Nega dersiz? PSJ so‘nggi yillarda guruh bosqichdan hech qanday qiyinchiliklarsiz o‘tmoqda. Ammo pley-off bosqichi haqida bunday deb bo‘lmaydi. Tomas Tuxel jamoasi Fransiya chempionatida ham peshqadam, biroq Chempionlar Ligasidan farqli o‘laroq ichki birinchilikda uchta o‘yinda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishga ulgurdi.

    “Real” bo‘lsa, PSJdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng sekin-sekin bo‘lsa-da o‘ziga kelib oldi. “Galatasaroy”ga oltita gol urildi. Ispaniya chempionatida esa “Barselona” bilan birga peshqadamlikni davom ettirmoqda. O‘yin Madridda o‘tishi va “Real” futbolchilarining so‘nggi o‘yinlarda yaxshi sport formasiga kirib olgani hisobga olinsa, bugun Parijdagi kabi PSJ osonlik bilan g‘alaba qozona olmasligi aniq.

    Shulardan va boshqa tilga olinmagan omillardan kelib chiqilsa, imkoniyatlar 50=50.

    Tarkiblar haqida

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Tarkib haqida gapiradigan bo‘lsak, Neymar jarohatini da’volash bilan band bo‘lgan vaqtda PSJ joniga argentinaliklar oro kirdi. Anxel di Mariya va Mauro Ikardi shunchalik qoyilmaqom o‘yin ko‘rsatmoqdaki, xuddi Neymar jamoaga ortiqchadek. Biroq Neymardek futbolchi har qanday jamoa uchun foyda keltira oladi. Balki bugun shunday bo‘lar. Ammo Ikardining ishonchli o‘yini Edinson Kavanidek to‘purarni zaxiraga mixlagani ham haqiqat. Kamiga birinchi turda ishtirok etmagan 20 yoshli vunderkind — Kilian Mbappe ham bu safargi bahsga tayyor. Har holda Zidan Mbappening “o‘yinini sevishi” haqida gapirib turgan vaqtda Kilian bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermasa kerak. Parijliklarning darvoza chizig‘idan ko‘ngli butkul to‘q. “Real”ga kerak bo‘lmay qolgan Keylor Navas PSJning haqiqiy ustuniga aylana oldi. Bunga uning guruh bosqichidagi o‘yinlarda bitta ham gol o‘tkazmagani yaqqol dalil, albatta. Xullas, Tuxel oldida ham qiyin vazifa bor. Boisi unda tanlov imkoniyati juda keng. Qaysidir megayulduz bugungi o‘yinni zaxiradan boshlashga majbur.

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    “Real”ga kelsak, Madrid klubida ayni damda katta muammolar deyarli yo‘q. To‘g‘ri, Marko Asensio hamda Xames Rodriges jarohatini da’volatish bilan band. Garet Beylning o‘zini tutishidan muxlislar norozi. Isko hamon Zidan kutayotgan formaga kirib ulgurmadi. Ammo “Qirollik klubi”dan ularning o‘rnini bildirmayotgan o‘yinchilarning borligini ham unutmaslik lozim. Jumladan, Beylning bemalol golf o‘ynashiga imkoniyat yaratib berayotgan 18 yoshli Rodrigoni tilga olmaslik, insofsizlik bo‘ladi. Braziliyalik o‘ziga berilayotgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalanmoqda. O‘tgan yili jamoaga olib kelingan yana bir braziliyalik vunderkind Vinisius Juniordan farqli o‘laroq Rodrigo shu qadar sovuqqonlik bilan harakat qilmoqdaki, u hatto het-trik qilishga ham ulgurdi. Yana kamiga Chempionlar Ligasida. Bir gap bilan aytganda va echki xalaqit bermasa, bo‘ladigan bola. Mavsum avvalida ne-ne umidlar ila katta mablag‘ evaziga jamoaga olib kelingan Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar ham sekin-asta o‘zining optimal formasiga kirib bormoqda. Buni uning “Real Sosyedad”ga qarshi bahsdagi harakatlari ham isbotlab turibdi. U raqiblarini 10 marta aldab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri, u gol urmadi. Biroq jamoadoshlarining bo‘sh hudud bo‘ylab hujumga o‘tishi, gol urishi uchun eng katta hissa qo‘shayotgan futbolchilardan biriga aylanib ulgurgani ham rost. Markazda “Real”ning to‘psiz foydali harakatlarini ta’minlashda urugvaylik Federiko Valverdening o‘rni beqiyos. Zidan “Real”ni ilk bor boshqaruvga olgan vaqtida Kazemiro haqiqiy topilma bo‘lgandi. Endi esa Fede. Shunday ekan markazdan ham muxlislar xavotir olmasa bo‘ladi. Vanihoyat darvoza chizig‘i haqida. Tibo Kurtua ham o‘ziga bo‘lgan ishonchni tiklashga harakat qildi va qaysidir ma’noda buning uddasidan chiqdi. Kurtua hatto Keylor Navas tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Navas vaqtida 517 daqiqa davomida o‘z darvozasi daxlsizligini ta’milagan bo‘lsa, Tibo buni 534 daqiqaga yetkazdi. Uning ishonchli harakatlar sabab “Real” La Ligada eng kam gol o‘tkazgan jamoalar orasida ikkinchi bo‘lib turibdi.

    Taxminiy tarkiblar

    “Real”: Kurtua — Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo — Kazemiro, Valverde, Kroos — Azar, Rodrigo, Benzema

    PSJ: Navas — Silva, Kimpembe, Dagba, Bernat — Markinyos, Guye, Sarabiya — Di Mariya, Ikardi, Mbappe

    Murabbiylar o‘yindan oldin

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    PSJga qarshi bahs hammamiz uchun muhim. Beyl uchun ham, bizga ham muxlislarga ham. Yaxshi o‘yin o‘tkazishga majburmiz. PSJ yaxshi mavsum o‘tkazmoqda. Shunday ekan, o‘zimizga bo‘lgan talab hozirgacha bo‘lganlaridan yuqori bo‘ladi. Ammo bu bizga yoqmoqda.Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Bu bahs birinchi davradagisidan boshqacha bo‘ladi. “Santyago Bernabeu”da o‘ynash qiyin. “Real” hozir juda yaxshi formada. Ular juda ko‘p gol urib, kam gol o‘tkazib yubormoqda. Ammo bizda ham barqaror jamoa bor. Bu chaqiruvga tayyorligimiz aniq.

    Tomas Tuxel, PSJ bosh murabbiyi

    YChL5-tur bahsi26-noyabr, seshanba

    “Real” — PSJ 01:00

    Bosh hakam: Artur Diash (Portugaliya)

    26.11.2019, 16:56   Izoh (0)   30579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Joshua — Ruis jangi bo‘lib o‘tadigan stadion 40 kunda qurib bitkazildi

    26.11.2019, 15:32

    Habib Nurmagomedovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

    26.11.2019, 12:19

    Vitaliy Denisovning ahvoli haqida ma’lumot berildi

    25.11.2019, 23:26

    “Real”ning PSJga qarshi bahs uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi

    25.11.2019, 22:44

    Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

    25.11.2019, 22:17

    “Paxtakor” stadioni buziladi va uning o‘rnida yangisi quriladi, biroq qachonligi hali noma’lum

    25.11.2019, 17:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.