• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bog‘liq audioyozuv bo‘yicha tekshiruv natijalarini e’lon qildi

    Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli audioyozuvdagi holatlarni tekshirish yuzasidan bayonot berdi.

    Joriy yilning 16-noyabr kuni internet nashrlarida Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli hamda haqorat, tahdid mazmunidagi audioyozuv tarqaldi. Mazkur holat ommaviy axborot vositalari, blogerlar, siyosiy partiyalar, eng achinarlisi, ayrim xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlarning keskin tanqidiy muhokamalariga sabab bo‘ldi.

    Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatga huquqiy baho berish maqsadida Jinoyat protsessual kodeksining 329-moddasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

    Aniqlanishicha, joriy yilning 14-avgust kuni “Kun.uz” tahririyatiga “Xiva stroy” MChJ rahbarining bajarilgan qurilish ishlari uchun buyurtmachidan pul undirishga oid murojaatini o‘rganish maqsadida mazkur tahririyat muxbiri R.Isroilov va operatori Sh.Egamberdiyevlar Olmazor tuman hokimligiga borgan.

    Tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov davlat xizmatchisi bo‘la turib, tegishli odob-axloq qoidalariga zid ravishda R.Isroilovga tushuntirish berishdan bosh tortgan, ular bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan hamda operatorning videotasvirga olishiga qarshilik ko‘rsatgan. Mazkur voqeaning ertasiga “Kun.uz” tahririyati ushbu videolavhani o‘z saytida e’lon qilgan va bu keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    Shu kuni kechqurun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning vaziyatni yumshatish va murosaga kelish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan shahar hokimligining axborot xizmati rahbari L.Sabirova, tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov tahririyat vakillari B.Axmedov, R.Isroilov va Sh.Egamberdiyevlar bilan shahar hokimligi binosida uchrashgan.

    Unda Abdurasul Vahobov nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘yganligini tan olgan va tahririyat xodimlaridan uzr so‘ragan. Biroq bu holat tahririyat xodimlarini qoniqtirmagan.

    Uchrashuv yakun topgach, muloqot ishtirokchilari binoning yo‘lagida Jahongir Ortiqxo‘jayevga tasodifan duch kelgan. L.Sabirova Jahongir Ortiqxo‘jayevga bo‘lib o‘tgan suhbat haqida ma’lumot berib, “Kun.uz” xodimlar Abdurasul Vahobovning uzridan qanoatlanmaganligini bayon qilgan.

    Shunda Jahongir Ortiqxo‘jayev ular bilan muloqotda muomala madaniyatidan chetga chiqqan holda internet nashrlariga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini ifodalab, go‘yoki ularni sharmandali vaziyatlarga tushirish imkoniyatiga egaligini, lekin u bunday tarbiyalanmaganligi va buni xohlamasligini bildirgan.

    Ushbu jarayonni “Kun.uz” muxbiri B.Axmedov “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda uchrashuv ishtirokchilarini ogohlantirmasdan telefoniga xufyona yozib olgan va tahririyatga taqdim etgan.

    O‘z navbatida tahririyat tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olingan axborot yo‘q qilinmagan. Oqibatda 2019-yil 16-noyabrda hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevni obro‘sizlantirish maqsadida audioyozuvning nojo‘ya so‘zlardan iborat bir yarim daqiqalik qismi (uchrashuv ikki soat davom etgan) montaj qilinib, noma’lum shaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. Bu holat o‘z navbatida ommaviy axborot vositalarida keng muhokamaga sabab bo‘lgan.

    “Kun.uz” tahririyati o‘z aybini anglagan holda haqiqiy holatni ma’lum qilish uchun audioyozuvning Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli qismini to‘liq e’lon qilgan.

    Tergovoldi tekshiruvida aniqlanishicha, Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan haqoratli va qo‘pol so‘zlarni ishlatgan. Biroq uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo‘qligi bois Jahongir Ortiqxo‘jayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas.

    Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, “Kun.uz” tahririyati xodimlari Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan da’vo yoki e’tirozlari yo‘qligini bayon qildi.

    Lekin Jahongir Ortiqxo‘jayev Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”ni buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun hukumatga murojaat qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qilgani haqidagi audioyozuv tarqalgan edi.

    Hokimning jurnalistlarga tahdidini “Adolat”, O‘zXDP, O‘zLiDeP partiyalari, shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoralab chiqqan, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borayotganini ma’lum qilgandi. Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zi haqorat va tahdid qilgan jurnalistlar bilan uchrashgach, tushunmovchilikka barham berilgan. Hokimning muxbirlar bilan muloqotidan batafsil audio va stenogramma e’lon qilingan.

    27.11.2019, 11:05   Izoh (0)   112320
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda gender masalalari bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tadi (video)

    27.11.2019, 10:57

    Toshkentda Malibu salonidan 11,2 mln so‘m bo‘lgan buyumlarni o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga olindi

    27.11.2019, 10:36

    Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

    27.11.2019, 09:56

    O‘zbekistonda sement zavodlari ustidan ekologik nazorat o‘rnatiladi

    27.11.2019, 09:17

    O‘zbekistonning 38 ta mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalarida 55 ta saylov uchastkasi ochildi

    27.11.2019, 09:02

    Afg‘onistonning yana 147 nafar fuqarosi ta’lim olish uchun O‘zbekistonga keldi

    27.11.2019, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.