Joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand shahridagi maktablarning birida tarix fanidan dars beruvchi o‘qituvchini 15 kishi kaltaklagan. Oqibatda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Aytilishicha, o‘qituvchi shahardagi “Hayotobod” mahallasida istiqomat qilgan.
“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, o‘qituvchinining otasi tadbirkor bo‘lib, uning bir nechta savdo do‘konlari bo‘lgan. O‘qituvchi nima sababdan kaltaklangani hozircha noma’lum.
Izoh (0)