O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Alda” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.

Foto: Instagram/@rayhonganieva

Yangi klip trek yo‘nalishida suratga olingan. Unda xonanda bir-birini takrorlamaydigan oltita obrazda namoyon bo‘ladi. Klipda asosiy urg‘u raqslarga beriladi, Rayhonning o‘zi ham raqqosalar bilan birgalikda raqsga tushgan.

Klip rejissor Dilmurod Turdiboyev tomonidan suratga olingan.