• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Avtohalokat sababli vafot etgan o‘zbek yulduzlari (foto+video)

    Aktrisa Gavhar Sharipova yo‘l transport hodisasi tufayli vafot etdi. Bundan avval ham avtohalokat natijasida bir qancha san’atkorlar yorug‘ olamni tark etgan edi.

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqov

    Foto: Google

    Foto: Google

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqov 2001-yil  21-noyabr kuni olamdan o‘tdi. Muhriddin Xoliqovning akasi Shahobbin Xoliqovning ma’lumotlariga qaraganda, bu voqea Ramazon oyining o‘rtalarida, xonanda bir dala hovlisiga ketayotganida sodir bo‘lgan.

    Shahobiddin Xoliqov Muhriddin Xoliqovning vafoti haqida YouTube’dagi “Muvad video” kanaliga bergan intervyusida quyidagi ma’lumotlarni aytib o‘tgan.

    https://youtu.be/3R-fi6DC-yo?t=34m21s

    Bu voqea ro‘zada bo‘lgan edi. To‘g‘risini aytsam, bu voqea u dachasidan bu dachasiga ketayotganida sodir bo‘lgan edi. Muhriddin ichmagan edi, chunki u o‘sha vaqtda dori ichib davolanib yurardi. Ro‘za vaqtlaridan foydalanib davolanar edi. Aslida u bolaligidan ichkilikni yoqtirmas edi. U yuqori qon bosimi bilan yurardi. Bir sirni ochaman, buni odamlar bilib ham qolgandi, to‘ylarda o‘zini ‘plyus’ini ustiga qo‘shiq aytardi. ‘Plyus’ini ustiga sozandlari chalardi, Muhriddin ijro qilardi. Chunki ‘miyam yorilib ketmasin’ derdi, yuqori qon bosimi bilan yurardi. Har yilda bir oy davolanib chiqar edi. O‘sha kuni ro‘za oyida ustalarini ko‘nglini ko‘taray deb ‘Rohat’ bo‘yida qurilayotgan dala hovlisiga borgan bo‘lgan.

    ‘Ichgan, mast bo‘lib mashinaga o‘tirgan’, degan gaplarga ishonmayman. Chunki uni o‘sha kuni iftorlikka aytishgan, kimdir  ‘Chirchiqda iftorlikka shoshilayotgandik’, deb aytgan edi. Muhriddin iftorlikka borib, ‘Chirchiqdagi dala hovlimda qolaman’ deb ketgan. Balki, tezroq yurishgandir.  Lekin rulda o‘tirgan bolani ichganligini ko‘zim bilan ko‘rib, qo‘lim bilan ushlamadim, tergov varaqalarini ko‘rganimda ham bu narsa yozilmagan edi. Odamlar har xil gap-so‘zlarga ishonishmasa yaxshi bo‘lardi.

    Shahobiddin Xoliqov, Muhriddin Xoliqovning akasi

    “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov

    Foto: Google

    Foto: Google

    “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov 2009-yilning 29-iyun kuni mudhish avtohalokat sabab vafot etgan. “Bojalar” guruhining a’zosi Javlon Shodmonovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, halokat Surxondaryo viloyatining Angor tumanida bo‘lgan. Avtohalokat natijasida Jahongir Foziljonov hamda Javlon Shodmonov og‘ir tan jarohatlari olishgan va oylab shifoxonada yotishgan.

    Ma’lumot uchun, Mo‘min Oripov “Boyvachcha”, “Nortoy”, “Achchiq hayot” singari filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. “Qalbaki dunyo” deb nomlangan filmga rejissorlik qilgan.

    Shahzod G‘ulomov (Radius 21)

    Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan reper Shahzod G‘ulomov 2010-yilning  12-sentabrda Piskent shahri postiga yaqin joyda avtohalokat sababli olamdan o‘tgan.

    Foto: Google

    Foto: Google

    Ushbu voqea haqida reperning ukasi Bekzod G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga gapirib berdi.

    Akam Shahzod G‘ulomov (Radius 21) Piskent shahri postiga yaqin joyda Matiz rusumli mashinasida oilasi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan esa kantrabanda mahsulotlarini postdan olib qochayotganlar kelib urilgan. Shahzod akam avtohalokat bo‘lganda voqea joyining o‘zida olamdan o‘tgan, 3 yarim oylik farzandlari Beksulton ertasi kuni vafot etgan. Beksulton akamning bitta-yu bitta farzandi edi.

    Bekzod G‘ulomov, Shahzod G‘ulomovning ukasi

    Ma’lumot uchun, Radius 21 “Sevgi fazosi”, “Onaizor”, “Boyvachcha” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.

    Aktrisa Farangiz Rejametova

    Aktrisa Farangiz Rejametovani 2018-yili 20-iyul kuni Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo yo‘lda Farangiz olamdan o‘tgan.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizga yo‘l bermasdan, uni urib yuborgan.

    Ma’lumot uchun, 1993-yilda tug‘ilgan Farangiz Rejametova san’atkorlar sulolasi vakili edi. Onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova, bobosi — O‘zbekiston SSSRda xizmat ko‘rsatgan artist To‘g‘on Rejametov. Farangiz “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” kabi o‘nlab kino va seriallarda rol ijro etgan. Shuningdek, Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmida bosh rolda o‘ynagan.

    Aktrisa Gavhar Sharipova

    Aktrisa Gavhar Sharipova ham avtohalokat natijasida olamdan o‘tdi.

    Foto: Kino-teatr.ru

    Foto: Kino-teatr.ru

    Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining ma’lumot berishicha, voqea 18-noyabrdan 19-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da sodir bo‘lgan. G‘uzor tumanining Yorg‘unchi qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo‘lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa haydovchiga avtobusni to‘xtatishini, tushib qolishini aytgan. Biroq haydovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramasdan avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan. Va baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

    Keyinroq Isuzu yuk avtomobili haydovchisi aktrisaga shilqimlik qilgani, u esa yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagani ma’lum bo‘ldi.

    Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

    23.11.2019, 17:52   Izoh (0)   371166
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindlarning “Khuda Hafiz” filmining jangari sahnalari Qoraqalpog‘istonda suratga olindi (video)

    23.11.2019, 14:34

    Boyovutlik 14 yoshli qizchaning kishini hayratga soluvchi san'at asarlari (foto)

    21.11.2019, 13:31

    “Birinchi avgust”, “Avloniy”, “Qo‘qon shamoli”. 2019-yilda premyerasi kutilayotgan o‘zbek filmlari (foto)

    20.11.2019, 18:55

    “Buni qoliplashtirish fabrikasiga taqqoslasa bo‘ladi”. Rejissor Umid Hamdamov o‘zbek kinosidagi yoshlarga bo‘lgan e’tiborning eng xunuk tragediyasi haqida gapirdi

    20.11.2019, 08:47

    “U yangi hayot boshlash uchun Rossiyaga borib kelgandi”. Aktrisa Gavhar Sharipova — hamkasblari va do‘stlari xotirasida

    20.11.2019, 07:36

    “Kulishni ham, yig‘lashni ham bilmaysan”. Xonanda Erkin Xudoyqulov to‘yda “Sol”ni ber desa tuz olib kelgan gitarist haqida gapirib berdi (video)

    20.11.2019, 06:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.