Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 24-turi doirasida 24-noyabr, yakshanba kuni 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Termizning “Surxon” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 63-daqiqada urildi. Unga termizliklar klubi himoyachisi Darko Stanoyevich mualliflik qildi.
Shu tariqa “Surxon” o‘z uyida kechgan bahsda “So‘g‘diyona” ustidan kichik hisobda ustun keldi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Surxon” 35 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” esa 38 ochko bilan 3-o‘rinni egallagan.
Shu kuni Samvel Babayan boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubi mehmonda “Andijon”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yin davomida “temiryo‘lchilar” vakillari Jamshid Iskandarov (40), Oston O‘runov (68) hamda Sardor Mirzayev (70) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Andijon klubi a’zosi Ildar Mamatkazin (88) avtogol muallifiga aylandi.
Natijada “Lokomotiv” safarda kechgan bahsda yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lokomotiv”ning ochkolari soni 45 taga yetdi. “Andijon” esa 24 ochko to‘plab 11-pog‘onani band qilib turibdi.
Superliga
24-tur bahslari
24-noyabr, yakshanba
“Surxon”—“So‘g‘diyona” 1:0
Gollar: 1:0 — 63 Darko Stanoyevich“Andijon”—“Lokomotiv” 0:4
Gollar: 0:1 — 40 Jamshid Iskandarov, 0:2 — 68 Oston O‘runov, 0:3 — 70 Sardor Mirzayev, 0:4 — 88, avtogol, Ildar MamatkazinYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)