Bir yil avval Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olingan kemalar Rossiya va Ukraina o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq Kiyevga topshiriladi. Bu haqda FXX Qrimdagi chegara boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: Reuters

Matbuot xizmatiga ko‘ra, “Nikopol” va “Berdyansk” katerlari hamda “Yani Kapu” buksiri Kerch portidan Ukraina tomoni bilan kelishilgan joyga 18-noyabr kuni yo‘l oladi.

“Interfaks” manbasi kemalarni topshirish neytral suvlarda amalga oshirilishini bildirgan.