O‘zbekistonlik velosportchi Murod Xolmurodov Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xolmurodov aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha Osiyo Chempionatida beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Aynan ushbu natija sportchi uchun Olimpiada eshigini ochdi.

Sababi undan yuqori natija qayd etgan sportchilar Jahon Chempionati orqali Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Tokio—2020 Xolmurodovning faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi. O‘zbekistonlik sportchi avval 2012-yil London Olimpiadasida ham ishtirok etgandi.

Shu tariqa Tokio Olimpiadasiga litsenziya qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar soni 14 taga yetdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!