Uelsning Penart shahrida 264 ming dollar baholangan Porsche 911 GT2 avtomobilining bo‘lajak egasi sinov chog‘i mashinada avariya sodir qildi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.

Foto: Metro

Superkar avtosalondan bir kilometr oshiqroq masofada 5 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Mijozning ishontirishicha, Porsche tormozi ishlamay qolgan. YTHda avtomobil oldi qanoti va g‘ildiraklari jiddiy shikastlangan.

Janubiy Uels politsiyasi vakiliga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.

Ma’lumot uchun, Porsche 911 GT2 soatiga 340 kilometr tezlikka chiqishi mumkin. Dunyoda atigi 1000 ta shunday modeldagi avtomobil bor.