Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti tomonidan “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Janubiy Koreya fuqarosi Kang Namkyu tergovga jalb qilindi.

“Agar Siz fotosuratda keltirib o‘tilgan shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamentining (71) 231-31-98, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi MChJga berilgan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etuvchi 0010-sonli litsenziya to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.