“Daryo” internet nashrida Chiroqchi tumanining “Suvliq” qishlog‘ida chirib qolgan simyog‘ochlar ahvolidan tashvishda” sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Mazkur maqolada tilga olingan holatlar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘rganildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati

“Suvliq”dagi chirigan simyog‘och.
Foto: O‘ktam Sadinov

Tashkilot matbuot xizmatining yozishicha, “Suvliq” qishlog‘idagi elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun mavjud 669-sonli transformator punktidan chiquvchi elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni paytda zarur tayanchlar o‘rnatilib, elektr uzatish tarmoqlari tortish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3630-sonli qaroriga asosan Chiroqchi tumani “Suvliq” qishlog‘idagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlab turgan tasarrufimizdagi mavjud 11,9 km elektr elektr uzatish tarmog‘ida rekonstruksiya va modernizatsiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan, — deyiladi matbuot xizmati xabarnomasida.