Zikirilla Mahmudov Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi din ishlari bo‘yicha sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Zikirilla Mahmudov 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent islom universitetini, 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2006-yilda Adliya vazirligi Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.