Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

29-oktabr, seshanba kuni Samarqand shahri Zafar ko‘chasida joylashgan 4-uyning 7-xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Bu haqda soat 08:17 da shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Yong‘inga ikkita yong‘in o‘chirish texnikasi jalb etilgan. Voqea joyiga besh daqiqada yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 08:25 da o‘rab olingan va soat 08:50 da bartaraf etilgan.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 15 kvadrat metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etish vaqtida 1952-yilda tug‘ilgan uy bekasi fuqaro R.G.ning kuygan jasadi topilgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, yuqorida ko‘rsatilagan manzilda gaz uskunalarini o‘rnatish qoidalari buzilganligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Foto: Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati

Yong‘inga xonada to‘planib qolgan tabiiy gazning elektr tarmog‘idan foydalanish oqibatida portlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi