Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kaliforniyada avj olgan o‘rmon yong‘inlari Los-Anjelesdagi qator nufuzli hududlarda ommaviy evakuatsiya o‘tkazishni taqozo qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Jumladan, Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger, taniqli basketbolchi Lebron Jeyms, aktyor Rayan Filippning uylari evakuatsiya qilinadigan xonadonlar ro‘yxatiga kirdi.

“Agar evakuatsiya hududiga kirib qolgan bo‘lsangiz, bunga jiddiy munosabatda bo‘ling. Dunyodagi eng yaxshi o‘t o‘chiruvchilardan minnatdorman. Ular Kaliforniya aholisini himoya qilish uchun hayotlarini xavf ostiga qo‘ymoqda”, — deya yozuv qoldirdi Shvarsenegger Twitter’dagi sahifasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari dunyodagi eng katta badiiy muzeylardan biri — Los-Anjelesdagi Getti muzeyiga ham xavf solmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda