Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 3-turi doirasida 23-oktabr, chorshanba kuni guruhlarda bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
“E” guruhidan o‘rin olgan bahsda Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi Belgiyada “Genk”ka qarshi maydonga tushdi.
Bellashuv davomida “Liverpul” vakillari Oksleyd-Chemberlen (2, 57), Sadio Mane (77) hamda Muhammad Saloh (87) tomonidan urilgan gollarga mezbonlar Stiven Odeyning goli bilan javob qaytardi (4:1).
Shu tariqa Klopp jamoasi safarda kechgan bahsda “Genk”ni yirik hisobda mag‘lub etib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “qizillar” ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi va guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi o‘rinda borayotgan “Genk” hisobida esa 1 ochko mavjud.
Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” jamoasi esa mehmonda Praganing “Slaviya”si bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq Kataloniya klubi yetakchisi Lionel Messi Arturning uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib pragaliklar himoyachisi Yan Borjil hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib esa mezbon jamoa hujumchisi Piter Olayinka esa o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Uchrashuv 2:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi.
Qayd etish joiz, “Barselona” mazkur g‘alabadan so‘ng 7 ochko jamg‘arib, “F” guruhida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. “Slaviya” esa 1 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.
Shu kuni Antonio Konte boshliq Milanning “Inter” klubi esa “Juzeppe Meatssa”da Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan bellashdi.
To‘qnashuvning 22-daqiqasida “neradzurrilar” hujumchisi Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqaga kelib italiyalik yarim himoyachi Antonio Kandreva hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa “Inter” o‘z uyida “arilar” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash joiz, milanliklar 4 ochko to‘plagan holda “F” guruhida 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, undan keyingi pog‘onada borayotgan “Borussiya Dortmund” hisobida ham shuncha ochko mavjud.
“H” guruhida Frenk Lempard boshchiligidagi Londonning “Chelsi” klubi esa safarda “Ayaks” bilan to‘qnash keldi.
Bahsdagi yagona gol 86-daqiqada urildi. Unga “aristokratlar” hujumchisi Mishi Batshuayi mualliflik qildi va jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” 6 ochko yig‘ib, guruhda peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinni band qilib turgan “Ayaks” hisobida ham 6 ochko mavjud.
YChL
3-tur bahslari
23-oktabr, chorshanba
“E” guruhi
“Genk”—“Liverpul” 1:4
Gollar: 0:1 — 2 Oksleyd-Chemberlen, 0:2 — 57 Oksleyd-Chemberlen, 0:3 — 77 Mane, 0:4 — 87 Saloh, 1:4 — 88 Odey“Zalsburg”—“Napoli” 2:3
Gollar: 0:1 – 17 Mertens, 1:1 – 40, penalti Xoland, 1:2 – 64 Mertens, 2:2 – 72 Xoland, 2:3 – 73 Insinye“F” guruhi
“Slaviya Praga”—“Barselona” 1:2
Gollar: 0:1 — 3 Messi, 1:1 — 50 Borjil, 1:2 — 57, avtogol Olayinka“Inter”—“Borussiya D” 2:0
Gollar: 1:0 — 22 Martines, 2:0 — 89 Kandreva“G” guruhi
“Leypsig”—“Zenit” 2:1
Gollar: 0:1 — 25 Rakitskiy, 1:1 — 49 Laymer, 2:1 — 39 Zabitser“Benfika”—“Lion” 2:1
Gollar:1:0 — 4 Rafa Silva, 1:1 — 70 Depay, 2:1 — 85 Pitssi“H” guruhi
“Ayaks”—“Chelsi” 0:1
Gol: 0:1 — 86 Batshuayi“Lill”—“Lion” 1:1
Gollar: 0:1 — 63 Cherishev, 1:1 — 90 IkoneYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)