Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Surxondaryo viloyatida joylashgan dala-o‘quv maydonlarining birida zamonaviy jang uslublari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

“Yig‘in!” signali berilishi bilan harbiy xizmatchilar poligon tomon yo‘l oldi va bo‘linmalarning jipsligini yanada mustahkamlash, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotda harbiy xizmatchilar tog‘ tayyorgarligiga oid bilim va malakalarini mustahkamladi.

Shaxsiy tarkibning tog‘ tayyorgarligiga oid ko‘nikmalarini tobora mustahkamlab borishni ta’minlaydigan o‘quv nuqtasida guruh shaxsiy tarkibi tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Shundan so‘ng shaxsiy tarkib tog‘li to‘siqlarga chiqish, tushish, jangovar pozitsiyani egallash mashqlarini amalda bajardi. Bu jarayonda shaxsiy tarkib taktik harakatlanib, yon atrofni kuzatish uchun dozorlar qo‘ydi, shu orqali ehtimoliy xavfning oldi olindi.