PlayStation 5 o‘yin qurilmasi 2020-yilning oxirida taqdim etiladi, biroq Sony kompaniyasining tanlangan hamkorlari qurilmani allaqachon sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Qurilmaning o‘yin yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan namunasi suratlari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “Kod.ru”.

Foto: “Kod.ru”

Nashrning qayd etishicha, internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan o‘yin yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan to‘plam surati Sony kompaniyasining patentida aks etgan va avgust oyida paydo bo‘lgan suratga o‘xshaydi. Bunda qurilmaning yakuniy ko‘rinishi ancha farq qilishi ta’kidlanmoqda.

Suratda oltita USB port, shu jumladan, to‘rtta USB 3.0 va ikkita USB 2.0 aks etgan. Bundan tashqari, On/Snandby, Reset, Eject, System init va Network init tugamalarini ham ko‘rish mumkin. Nashr tomonidan qayd etilishicha, bunday to‘plam oddiy foydalanuvchilarga kerak bo‘lmaydi va qurilmaning yakuniy ko‘rinishida ularning soni qisqaradi. Shuningdek, qurilmani sovutish uchun zarur bo‘lgan V shaklidagi kesim ham e’tiborni tortadi.

Avvalroq PlayStation 5 o‘yin qurilmasi 2020-yil oxirida taqdim etilishi ma’lum qilingan edi.