Apple kompaniyasi 2020-yilning boshida iPhone SE 2 nomli smartfonni taqdim etadi. Bu haqda MacRumors xabar berdi.
Smartfon iPhone 8 ning korpusida ishlab chiqariladi, biroq xususiyatlari jihatdan u iPhone 11 ga yaqin bo‘ladi, ya’ni A13 protsessori, uch gigabayt hajmli tezkor va 64/128 gigabaytli doimiy xotira. Qurilma 3D Touch funksiyasiga ega bo‘lmaydi. Smartfon qora, oq va qizil ranglarda chiqariladi.
Telefonning savdosi 2020-yilning birinchi yarmida boshlanadi. Qurilmaning eng arzon narxi 400 dollarni tashkil qiladi.
Original iPhone SE 2015-yilda chiqqan, uning ishlab chiqarilishi XS’ning chiqarilishi ma’lum qilinganidan keyin to‘xtatilgan. Smartfonga haligacha kompaniya tomonidan xizmat ko‘rsatiladi va ayni paytda qurilmaga iOS so‘nggi talqinlarini o‘rnatish mumkin.
Izoh (0)