Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevroittifoq davlatlari Bryusseldagi sammitda Brexit bo‘yicha yangilangan kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda Yevrokengash rahbari Donald Tusk ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Barchasi biz bu yo‘lning yakuniga yetib kelganimizni ko‘rsatmoqda”, — dedi Tusk.

Sammit bayonotida “Yevrokengash Buyuk Britaniya qo‘shma qirolligi va Shimoliy Irlandiyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi kelishuvni ma’qullaydi” deyiladi va Yevrokomissiya, Yevroparlament hamda Yevrokengashga kelishuv joriy yil 1-noyabrdan kuchga kirishini ta’minlash uchun zarur harakatlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.

Tuzilmaga a’zo davlatlar Yevroittifoq va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi bo‘lajak munosabatlar doirasini belgilovchi siyosiy deklaratsiyani ham ma’qulladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda