Toshkent shahrida 18-oktabr, juma kuni talabalar yugurish marafoni o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xabar berilishicha, marafon munosabati bilan soat 10:30 dan 11:30 gacha ba’zi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Avtomobillar harakati Bunyodkor shoh ko‘chasi yondosh yo‘lining Adiblar xiyoboniga kirish qismidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Islom Karimov ko‘chasining Beshyog‘och va She’riyat bog‘i ko‘chalari bilan kesishmalari o‘rtasida, She’riyat bog‘i ko‘chasining “Paxtakor” stadionigacha bo‘lgan qismida cheklanadi.