Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalarida 1248 nafar probatsiya hisobidagi shaxslar doimiy ishga joylashtirilgan. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijonda “Namunali hudud” tajribasini yaratish borasida 21 ta ishchi guruh faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, samaradorlikni oshirish yuzasidan ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, sayyor sud profilaktik tadbirlari tashkil etilgan bo‘lib, unda qilmishiga pushaymon, mehnati va ijtimoiy turmush-tarzini namoyon etgan 86 nafar nazoratdagi shaxs jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan.
Shuningdek, probatsiya bo‘limi hisobida turib, sud belgilagan taqiqlarga amal qilmagan, jazodan bo‘yin tovlagan va qayta jinoyat sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan 5 nafar shaxsning jazosi, ozodlikdan mahrum qilish hamda boshqa turdagi og‘irroq jazolarga almashtirilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, sayyor sud yakuni bo‘yicha “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 9 oy ichida 1248 nafar probatsiya hisobidagi shaxslar doimiy ishga joylashtirilgan. Ularning 117 nafari ayol, 432 nafari esa yoshlardan iborat.
Izoh (0)