Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

SAP — yirik biznes va sanoat majmualarini dasturiy ta’minlash sohasida dunyoda yetakchi hisoblanadi. Forbes 2000 ro‘yxatidan o‘rin olgan 90 foiz kompaniyalarlaridagi jarayonlar SAP yordamida avtomatlashtirilgan. Expera O‘zbekistonda Sheriklik ekspertiza markazi (PCoE) maqomiga ega yagona kompaniya bo‘ldi.

Zamonaviy sharoitlarda biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish – kompaniya samaradorligining ajralmas tarkibiy qismidir. O‘zbekistonda SAP’ni, odatda, biznes boshqaruvi jarayonida unumdor tizimga ehtiyoji baland bo‘lgan tashkilotlar tanlaydilar va joriy etadilar. Endi SAP modullari bo‘yicha tezkor va yuqori malakali texnik yordamni Expera kompaniyasi mutaxassislaridan olish mumkin.“SAP’ning Sheriklik ekspertiza markazi maqomi bizga SAP litsenziyalarini O‘zbekistonning butun hududida sotish va qo‘llab-quvvatlash huquqini beradi. Ushbu hamkorlikka Expera’ning AT-tizimlarini loyihalashtirishva ularnikuzatib borish, shuningdek korxonalarning raqamli transformatsiyasi sohasidagi 20 yillik ish tajribasi evaziga erishildi. Sheriklik ekspertiza markazi maqomiga ega bo‘lishdan avval SAP kompaniyasini auditorlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilib, ular mutaxassislarimiz malakasini, raqamli mahsulotlar bilan ishlash tajribasini, xizmat ko‘rsatishning xalqaro standartlariga rioya etish imkoniyatlarini baholadilar”, — deya ta’kidladi biznes-ilovalarni ishlab chiqish bo‘limi rahbari.

O‘zbekistonda SAP Ekspertiza markazining tashkil etilishi bilan mahalliy foydalanuvchilar quyidagi bir qator afzalliklarga ega bo‘ladilar:

• Rus va o‘zbek tillarida xizmat ko‘rsatilgan holda masalalarni 24/7 tartibida hal etish;

• Mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq, yangilanishlar olish va mahsulotlarni mahalliylashtirish;

• SAP Solution Manager platformasi yordamida SAP landshaftni va AT infratuzilmasiniboshqarishning kengaytirilgan imkoniyatlari;

• SAP mahsulotlari sifatini uzluksiz nazorat etish;

• Texnik muammolar va ularni hal etishtavsiflangan SAP Notes global bazasiga kirish imkoniyati.

Expera kompaniyasi mutaxassislari zarur modullarni joriy etish, biznes-jarayonlarni optimallashtirish va uzluksiz sifat nazorati hisobiga ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.

O‘zbekiston sanoatida SAP yechimlari qo‘llanilgan dastlabki loyihalardan biri Suntronix xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekko‘mir” AJda resurslarni boshqarish tizimini joriy etishda aks etdi.

Ushbu loyiha moddalarning markazlashgan oqimini ta’minlaydi, barcha omborlarda mavjud zaxiralar tahlilini amalga oshiradi hamda barcha filiallar bo‘yicha birlashtirilgan hisobotni taqdim etadi.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi