AQSh prezidenti Donald Tramp 9-oktabr kuni Suriyada “Tinchlik manbai” operatsiyasini boshlagani uchun Turkiyani qoraladi, deb xabar beradi Meduza.
Oq uy matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, Tramp AQSh “ushbu hujumni oqlamasligini va operatsiya yomon fikr ekanligi Turkiyaga tushuntirilgan”ini ta’kidlagan.
Avvalroq, Turkiya Suriya hududiga qo‘shin kiritishni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Trampning ta’kidlashicha, Vashington mintaqadagi gumanitar inqirozning oldini olish uchun “Turkiyaning o‘z majburiyatlariga bo‘ysunishini” ta‘minlash niyatida.
Turkiya armiyasining asosiy nishoniga aylangan kurd harbiy kuchlarini AQSh qo‘llab-quvvatlamoqda. Operatsiya boshlanishidan oldin Tramp Vashington kurdlarga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatmasligini ma’lum qilgandi.