Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 7-turining markaziy o‘yinida 6-oktabr, yakshanba kuni Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi Milanda Antonio Konte boshchiligidagi “Inter” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
To‘qnashuv davomida “keksa sinyora” vakillari Paulo Dibala (4) hamda Gonsalo Iguain (80) Samir Handanovich qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “neradzurrilar”dan Lautaro Martines (18, penalti) bitta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa turinliklar mehmonda kechgan bahsda “Inter”dan 2:1 hisobida ustun kelib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Yuventus” ochkolari sonini 19 taga yetkazib musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Undan keyingi o‘rinda borayotgan “Inter” hisobida esa 18 ochko mavjud.
7-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi vaziyat:
A Seriya
7-tur bahsi
6-oktabr, yakshanba
“Inter”—“Yuventus” 1:2
Gollar: 0:1 — 4 Dibala, 1:1 — 18, penalti Martines, 1:2 — 80 Iguain“Inter”: Handanovich, D‘Ambrozio, Shkrinyar, de Vrey, Asamoa, Barella, Brozovich, Sensi (Vesino, 34), Godin (Bastoni, 54), Lukaku, Martines (Politano, 78)
“Yuventus”: Shchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, de Ligt, Matyuidi, Kuadrado, Pyanich, Xedira (Bentankur, 62), Bernardeski (Iguain, 62), Dibala (Jan, 71), Ronaldu
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (13), Jan (84), Pyanich (85), Vesino (88), Barella (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!