Qozog‘istonda o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar paytida Qirg‘iziston harbiylari uchta jangovar raketa yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi. Qirg‘iziston harbiy prokuraturasi yo‘qotilgan raketalar bo‘yicha jinoiy ish ochdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston va Qozog‘iston harbiylari “Sarishagan” dala poligonida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Aynan o‘sha mashg‘ulotlardan keyin Qirg‘iziston harbiylari uchta raketani yo‘qotib qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda Qirg‘iziston harbiy kuchlari bosh shtabi tomonidan bu ma’lumot inkor etilib, Qozog‘istonda o‘tgan harbiy mashg‘ulot vaqtida ba’zi harbiy aslahalar nosoz holatda bo‘lgani aytilmoqda.
“Har bir qurol-yarog‘ mashg‘ulot davomida tekshiriladi. Ulardan bir nechtasi shubha uyg‘otgan edi, shu sababli yo‘q qilingan. Bu haqda dalolatnoma tuzilgan”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Izoh (0)