Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 8-turi doirasida 6-oktabr, yakshanba kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” mehmonda “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Reuters

Uchrashuvning 72-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Mettyu Longstaff David De Xea qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “mankunianlar” safarda kechgan bahsda “Nyukasl”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).

Mazkur turdan so‘ng “Yunayted” 9 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. “Nyukasl” esa 8 ochko bilan 16-o‘ringa ko‘tarildi.

8-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

8-tur bahsi

6-oktabr, yakshanba

“Nyukasl”—“Manchester Yunayted” 1:0

Gol: 1:0 — 72 Longstaff

“Nyukasl”: Dubravka, Klark, Sher, Villems, Lassels, Longstaff, Longstaff, Almiron (Kraft, 90), Sen-Maksimen (Atsu, 83), Yedlin, Joelinton (Kerroll, 56)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Tuanzebe, Diogu Dalot (Roxo, 60), Yang (Chong, 86), Maguayr, Djeyms, Pereyra, Fred, Mata (Grinvud, 66), Maktominay, Reshford

Ogohlantirishlar: Fred (3), Yedlin (15), Maktominay (30), Sher (47), Almiron (65), Roxo (78)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!