“Farg‘onaazot” AJ “Ozodlik” radiosi tomonidan korxona ishchilarining paxta terimiga majburan jalb qilinishi yuzasidan tarqatilgan xabarga o‘z munosabatini bildirdi. Munosabat O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan e’lon qilindi.

“Ozodlik” radiosi xabariga ko‘ra, “Farg‘onaazot” korxonasi ishchilariga agar ular paxtaga chiqmasa, ishdan haydalishi aytilgan.

“Farg‘onaazot” kasaba uyushmasi raisi Ilhom Abduvohidovning aytishicha, bu xabar tuhmat va ig‘vodan iborat.

“Bizga hech kim paxta terimiga chiqish haqida biron og‘iz ham gapirmagan, umuman bu mavzu tilga olinmagan. Qaysi manbaaga tayanib, “Ozodlik” bunday asossiz axborotni tarqatadi?”, — deydi Ilhom Abduvohidov korxona tomonidan berilgan munosabatda.

Farg‘ona shahar hokimi Hamidjon Habibiddinov tomonidan ta’kidlanishicha, biron korxonadan kimdir paxta terimiga jalb etilsa, u, albatta, bilgan bo‘lar edi.