Rossiyaning “Rossotrudnichestvo” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, iste’fodagi general-leytenant Viktor Shulika boshchiligidagi delegatsiya Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi akademiyaning o‘quv-moddiy bazasi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga akademiya muzeyi, undagi noyob eksponatlar haqida ma’lumot berildi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Rossotrudnichestvo” kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari Qurolli Kuchlar akademiyasiga rus tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv materiallari va adabiyotlarni taqdim etdi.
Izoh (0)