27-sentabr, juma kuni Vashingtonda “Yangi O‘zbekiston: noyob madaniy tashabbuslar” mavzusida media tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ma’lumotda aytilishicha, birinchi marotaba O‘zbekiston madaniy merosi AQShda bunday katta miqyosda namoyish etilgan.
Ta’kidlanishicha, Amerika va Kanada fondlarida qanday O‘zbekiston boyliklari saqlanayotgani, ular xususiy to‘plam yoki jamoat muzeyiga qarashli ekanini muhokama qilish maqsadida ilk marotaba Amerika muzey va kutubxonalari taniqli olimlari, tadqiqotchi va san’atshunoslar, kolleksioner to‘plangan.
Tadbir doirasida muzey vakillari va kolleksionerlar “Jahon madaniy to‘plamlarida O‘zbekiston madaniy merosi” loyihasida hamkorlik qilish niyatida ekanini ta’kidlagan.
Media tadbir so‘ngida O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining Ilmiy kengashi raisi Firdavs Abduxoliqov va kolleksioner Gido Goldman “O‘zbek ikati” albomini chiqarish haqida kelishib olgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, albom Doktor Goldman Amerika muzeylariga sovg‘a qilgan o‘zbek matolari noyob to‘plam namunalarini o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)