Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-Yorkda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Foto: Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati

Uchrashuvda sog‘lom oilani shakllantirish, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

UNFPA ijro etuvchi direktori o‘rinbosari Laura Londen so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni alohida e’tirof etdi. 2022-yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tashkil etilishi, shuningdek, mamlakatda gender statistika joriy etilishiga ijobiy baho berdi. UNFPA bu masalalarda O‘zbekiston hukumatiga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda gender tenglikni hamda onalar va bolalar muhofazasini ta’minlash masalalari bo‘yicha ildam va ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgani hisobga olinib, O‘zbekiston delegatsiyasi 2019-yilda Nayrobi shahrida o‘tkaziladigan aholishunoslik bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etildi. Bunday keng miqyosli tadbirda ishtirok etish O‘zbekiston milliy tajribasini xorijiy mamlakatlarda tatbiq etish imkonini beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi