AQSh o‘z razvedkasi ma’lumotlariga asoslanib neft qazib chiqaruvchi ulkan Saudi Aramco kompaniyasi obyektlariga hujumlar ortida Eron turganini aniqlab, ushbu axborotlarni Saudiya Arabistoniga taqdim qildi. Ammo Ar-Riyod rasmiy Vashington taqdim qilgan dalillar yetarli asosga ega emas deb hisobladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “24tv.ua”

Saudiya Arabistoni ma’lumotlarni tekshirib ko‘rib, AQSh administrasiyasiga hujumlar bo‘yicha tekshirishlarni amalga oshirish uchun amerikalik ekspertlarni jalb qilish maqsadga muvofiqlini bildirgan. Ar-Riyod tekshiruvlarning rasmiy natijalarini kutmoqchi va hujumga shoshma-shosharlik bilan javob qaytarmoqchi emas.