Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Qo‘qon shamoli” (“Aybsiz aybdor”) badiiy filmining taqdimoti 15-sentabr, yakshanba kuni soat 17:00 da Qo‘qon musiqali drama teatrida o‘tkaziladi. Bu haqda film prodyuseri Mahmud Erkaboyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi

Avvalroq Qo‘qon shahrida 10—15-sentabr kunlari Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilayotgani haqda xabar berilgandi.