Shveysariya Federal yig‘ini Milliy kengashining aksariyat a’zolari farzandli bo‘lgan otalarga ikki hafta ta’til berish masalasini yoqlab ovoz berdi, deb xabar qiladi “Kommersant”.

Foto: Sputnik

RTS telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, ta’til berishni 129 kishi yoqlagan bo‘lsa, 62 kishi bunga qarshi ovoz bergan.

Ta’tilni bola tug‘ilganidan boshlab olti oy ichida olish mumkin. Mazkur tashabbus har yili 231 million dollarga tushishi mumkin.

Moliyalashtirish ish beruvchilar va ishchilarning o‘zlari yo‘qotgan yordam pullari evaziga amalga oshiriladi. To‘lanadigan maksimal mablag‘ — 197 dollarga teng.