“Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Foto: Google Images

“Huquqiy axborot” kanalining ma’lum qilishicha, qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Sudlar to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgaritishlarga ko‘ra, endilikda sudyalik uchun 35 yosh bo‘lish talab etiladi (ilgari 30 yosh edi).

Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan zaxiradagi nomzodlar Sudyalar oliy maktabida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda o‘qishi belgilandi (ilgari, o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan).

Qonun bilan xalq maslahatchilarining ham yoshi 35 yosh etib belgilandi (ilgari 30 yosh edi).

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.