Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududidagi sodir bo‘lgan YTHda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, halokat 8-sentabr, yakshanba kuni Chimkent—Samara avtotrassasida sodir bo‘lgan. Ikki nafar ayol M.U. va M.M. voqea joyida, Z.S. esa kasalxonada vafot etgan. Nexia avtomashinasi haydovchisi M.U. O‘rdabasi tumani tez yordam shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tibbiyot muassasasi bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumlarning jasadlarini Vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Olmaota—Toshkent—Termiz avtotrassasida 2-avgust kuni 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 14-avgust kuni esa 2 nafar o‘zbekiston fuqarosi YTHda halok bo‘lgandi.