Qashqadaryoda erkak aliment pullari nizosi sababli sobiq turmush o‘rtog‘ini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 8-sentabr, yakshanba kuni soat 1:00 larda fuqaro T.E. (1979-y.) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i T.P. (1981-y.) bilan aliment pullari nizosi bo‘yicha o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida erkak qo‘llari bilan bo‘g‘ib, sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan T.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.