Bilbaoning “Atletik” klubi Ispaniya La Ligasi 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Real Sosyedad”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Uchrashuvda mezbonlar hujumchisi Inyaki Uilyams asosiy tarkibda maydonga tushdi va 11-daqiqada gol urishga erishdi.
25 yoshli futbolchi to‘xtovsiz ketma-ket 122 ta o‘yindan buyon jamoa tarkibida maydonga tushmoqda. Bu esa maydon futbolchilari orasida (darvozabondan tashqari) XXI asr rekordi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Uilyams avvalroq “Atletik” bilan amaldagi shartnomasini 2028-yilga qadar uzaytirgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)