Mauro Ikardi o‘zi to‘p suradigan Milanning “Inter” klubini sudga berdi, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.
Ta’kidlanishicha, 26 yoshli futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga qaytishni istayapti, shuningdek, u klubdan 1,5 million yevro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.
Hozirda hujumchi jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilari bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgani yo‘q. U Konte tomonidan asosiy tarkib futbolchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazishdan mosuvo qilingan.
Avvalroq klub bosh murabbiyi Antonio Konte Ikardiga ishonch bildirmayotganini rahbariyat futbolchiga yetkazgan edi. Biroq argentinalik futbolchi jamoada qolishini ta’kidlagan.
Qayd etish joiz, Ikardiga “Monako” va “Napoli” jamoalaridan qiziqish bor. Uning o‘zi “Yuventus”ga o‘tishni istamoqda, biroq turinliklar transfer borasida taklif bilan chiqmagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)