Aeronavtika va kosmik makonlarni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) Vashington shtati sharqida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari sabab yuzaga kelgan “olovli bulutlar”ning noyob suratlarini taqdim etdi, deb xabar beradi BBC.

Foto: NASA

“Ushbu suratlar juda noyob. Ayniqsa, bu kabi rakursdan olinganda”, — deydi NASAning yetakchi sinoptigi Devid Piterson.

Suratlar NASA meteorologlari jamoasi tomonidan Douglas DC-8 samolyoti bortidan turib olingan. Samolyot “olovli bulutlar” orqali 8-avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 20:00 da, 9 kilometr balandlikdan uchib o‘tgan.

Foto: NASA

Pirokumulyativ bulutlar olov hosil qilgan konvektiv havo oqimining yuqoriga ko‘tarilishi sababli paydo bo‘ladi. Ushbu iliq havo oqimining yuqoriga ko‘tarilishi va kondensatsiya darajasiga yetishi shu turdagi bulutlarni shakllantiradi.

NASA va NOAA olimlari bulutlarning kimyoviy tarkibini o‘rganib, uning havo va iqlimga ta’sirini aniqlashmoqda.