24-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 3-turida Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Norvich” maydoniga safar qiladi.
Bellashuv davomida “aristokratlar” hujumchisi Temmi Abraham (3, 68) dublga erishgan bo‘lsa, yarim himoyachi Meyson Maunt (17) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mezbon jamoadan esa Todd Kentuell (6) hamda Teyemu Pukki (30) bittadan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Chelsi” “Norvich”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mavsumdagi dastlabki g‘alabasiga erishdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng londonliklar ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi.
APL
3-tur bahslari
23-avgust, juma
“Aston Villa”—“Everton” 2:0
Gollar: 1:0 — 21 Uesli, 2:0 — 90 Al-Gazi24-avgust, shanba
“Norvich”—“Chelsi” 2:3
Gollar: 0:1 — 3 Abraham, 1:1 — 6 Kentuell, 1:2 — 17 Maunt, 2:2 — 30 Pukki, 2:3 — 68 Abraham“Norvich”: Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Lyaytner (Maklin, 81), Tribull (Vranchich, 81), Kentuell, Shtipermann (Srbeni, 81), Buendia, Pukki
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Zuma, Emerson, Jorjinyo, Kovachich, Barkli, Maunt (Alonso, 90), Pulishich (Villian, 84), Abraxam (Jiru, 75)
Ogohlantirishlar: Jorjinyo (33), Shtipermann (43)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)