Olmaotada avtomobilning texnik nosozligi ommaviy yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqardi, deb xabar beradi Tengrinews.
Lexus IS Reyimbekov ko‘chasi bo‘ylab orqaga harakatlangan. Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, mashinaning gaz pedali yopishib qolgan. Bayzakov ko‘chasiga qadar yetib borgan avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Shundan so‘ng, u Volkswagen Passat va Volkswagen Polo bilan to‘qnashuv sodir etgan.
O‘z navbatida Volkswagen Polo Toyota Corolla va Toyota Highlander bilan urilgan. Volkswagen Passat esa yonida turgan Mazda 323 bilan to‘qnashgan.
Avariya oqibatida uch kishi jarohat olgan. Volkswagen Polo haydovchisi va Lexus yo‘lovchisiga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Toyota Corolla yo‘lovchisi esa turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan shahar politsiyasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)