Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44
2019-yilgi yozgi transferlar oynasi faqatgina Angliyada yopildi. Yevropaning boshqa davlatlarida esa klublar hamon o‘z tarkiblarini kerakli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Biz esa quyida yozning eng uzun transfer “seriallar”i haqida subatlashamiz.
  1. Neymar (PSJ). Qiziqayotgan klublar: “Barselona”, “Real”, “Yuventus”

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Yozning eng qaynoq transfer “serial”i yana Neymarga tegishli. Futbolchi butun yoz davomida PSJda baxtsiz ekanligini ta’kidlab kelmoqda. Neymar Parij klubiga o‘tib, xato qilganini ham tan oldi. Parijliklar esa futbolchi uchun sarflangan 222 million yevroni ortga qaytarishni istamoqda. Ortda qolgan mavsumlarda ko‘plab jarohatlarga yo‘liqqan Neymar uchun buncha mablag‘ to‘lashni esa na “Barselona” va na “Real” istamoqda. So‘nggi vaqtlarda esa Neymarning xizmatlariga “Yuventus” ham qiziqib qolgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Hatto Neymarning o‘zi Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynashga tayyorligi haqida bong urilmoqda.

Neymarning PSJ safidagi statistikasi

O‘yinlar: 58 ta

Gollar: 51 ta

Sovrinlar: 5 ta
  1. Paulo Dibala (“Yuventus”). Qiziqayotgan klub: PSJ

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Angliyada transfer oynasi yopilgunga qadar Paulo Dibalaning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi ovoza qilindi. Biroq u na “Yunayted”ga va “Tottenhem”ga o‘tdi. Dibala hamon Turinda. So‘nggi kunlarda esa Neymarning PSJdan ketishi haqidagi gap-so‘zlar ortidan argentinalikning xizmatlariga Parij klubi jiddiy qiziqayotganligi oshkor etilmoqda. Ma’lum qilinishicha, PSJ Dibalaning o‘ziga yillik 11 million funt maosh berishga tayyor. “Yuventus” bu transferni o‘ylab ko‘rishi kutilmoqda.

Paulo Dibalaning “Yuventus”dagi statistikasi

O‘yinlar: 182 ta

Gollar: 78 ta

Sovrinlar: 9 ta
  1. Mauro Ikardi (“Inter”). Qiziqayotgan klublar: “Napoli” va “Yuventus”

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Antoni Konte “Inter” boshqaruviga kelgach, Mauro Ikardi uning rejalarida yo‘qligini ma’lum qildi. Ikardining “Inter” rahbariyati bilan muammolari esa o‘tgan mavsum avvalidayoq boshlangandi. Konte Romelu Lukakuni jamoaga jalb eta oldi. Milanliklar esa hamon Ikardi borasida “yog‘liroq” taklifni kutmoqda. Argentinalik futbolchining xizmatlariga “Yuventus” hamda “Napoli” qiziqish bildirgan. Mauroning o‘zi esa “Inter”ni faqat “Yuventus” deb tark etishini, aks holda klubda qolib, o‘yinga tushmasa ham yaxshigina maoshini olib yotishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Mauro Ikardining “Inter”dagi statistikasi

O‘yinlar: 219 ta

Gollar: 124 ta

Sovrinlar: yo‘q
  1. Xames Rodriges (“Real”). Qiziqayotgan klublar: “Atletiko” va “Napoli”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Bavariya”dagi ikki yillik ijaradan so‘ng kolumbiyalik yulduz “Real”ga qaytib keldi. Myunxenliklar Xamesni sotib olishga jazm etmadi va uning o‘rniga “Barselona”dan Filippe Koutinyoni ijaraga olish bilan masalani hal etdi. Xamesning xizmatlariga yoz boshlanganidan beri “Napoli” hamda “Atletiko”ning qiziqayotganligi aytilmoqda. Karlo Anchelotti Xamesni Neapolda ko‘rishni xohlayotgani haqida ta’kidlandi. Ammo “Napoli” PSV Irving Losano transferini amalga oshirishni ma’qul ko‘rmoqda. Bundan tashqari Diyego Simeone Xamesni “Atletiko”da ko‘rishga qarshi emas. Biroz muddat avval esa Zinedin Zidan Kolumbiya terma jamoasi vakilining “Real”da qolishiga qarshi emasligi ma’lum qilindi.

Xames Rodrigesning “Real”dagi statistikasi

O‘yinlar: 111 ta

Gollar: 36 ta

Sovrinlar: 7 ta
  1. Kristian Eriksen (Tottenhem). Qiziqayotgan klublar: “Real” va “Atletiko”

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“Tottenhem” yangi mavsum oldidan Rayan Sessenyon, Jovani Lo Chelso, Tanguy Ndombele kabi o‘yinchilar bilan tarkibini kuchaytirib oldi, ammo Kristian Eriksenning jamoadan ketishi “shporlar” uchun og‘ir zarba bo‘ladi. So‘nggi vaqtlar daniyalik futbolchi o‘zini yangi chempionatda ko‘rsatishni xohlayotgani yashirayotgani yo‘q. Shu boisdan ham Eriksen London klubi bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortib kelmoqda. Uning xizmatlari bilan esa Madridning ikki jamoasi — “Real” hamda “Atletiko” jiddiy qiziqib qolgan. “Tottenhem” esa futbolchini kelasi mavsum bepul qo‘yib yubormaslik uchun unga haftalik 200 ming funt maoshdan iborat yangi shartnoma taklif qilmoqda. Eriksen ayni damda londonliklar safida haftasiga 80 ming funt maosh oladi. O‘ylash ko‘rish uchun sabab bordek…

Kristian Eriksenning “Tottenhem”dagi statistikasi

O‘yinlar: 277 ta

Gollar: 66 ta

Sovrinlar: yo‘q

FootballHD material asosida Asror Abdunzarov tayyorladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik